Unda yozuvchi Sherzod Komil Xalilning shu nomdagi kitobi uchun yaratilgan 30 dan ortiq illyustratsiyalar namoyish qilindi.
Rassom Shamsiyev 1970-yilda Qashqadaryoda tug‘ilgan, P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik kolleji va K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tahsil olgan. U 2019-yildan O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi bo‘lib, respublika va xalqaro ko‘rgazmalarda muntazam ishtirok yetib keladi.
Ko‘rgazma asosini 2021-yilda yozilgan, turkiy xalqlar afsonalariga bag‘ishlangan “Turkiylarning xayoliy jonzotlari” kitobi uchun chizilgan tasvirlar tashkil yetadi. Kitobda “Qora-quralar”, “Alvasti”, “Ko‘k bo‘ri” kabi 40 ta afsonaviy mavjudotning ko‘rinishi, tarixi va ular haqidagi folklor ma’lumotlari keltirilgan.
Chorshanbi Shamsiyev avval ham bir qator shaxsiy ko‘rgazmalar muallifi bo‘lgan: “Mehr qolur, muhabbat qolur” (2001), “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol” (2002), “Men bahorni sog‘indim” (2015), “Ranglar dunyosi” (2019), “Inson va tabiat” (2022).
“Har bir xalqning afsonalari — uning ruhiy xotirasi. Men ushbu jonzotlarni qayta chizarkanman, aslida o‘z ildizlarimiz ranglarini izladim", – deydi rassom Chorshanbi Shamsiyev.
Yangi ko‘rgazma 14-dekabrgacha davom yetadi.