Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari DXR va Xarkov viloyatida ikki aholi punktini nazoratga oldi

Sputnik
TOShKENT, 7 dek – Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyati va Donesk Xalq Respublikasida ikki aholi punktini nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"G‘arb" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Oskol darosining chap qirg‘og‘ida qurshab olingan dushman guruhini yo‘q qilishni davom ettirdi. 6-armiya shturmchi guruhlarining faol harakatlari natijasida Xarkov viloyatining Kucherovka aholi punkti ozod qilindi", - deyiladi xabarda.
Shuningdek, "Markaz" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Donesk Xalq Respublikasining Rovnoe aholi punktini ozod qilishni yakunlagani, Dimitrovda qurshab olingan Ukraina Qurolli kuchlari guruhini yo‘q qilishni va Grishino aholi punktini tozalash ishlarini davom ettirayotgani ma’lum qilingan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Bezimanoe va Klinovoe qishloqlarini ozod qildi