TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Majburiy safarbarlikdan g‘azablangan Ukraina aholisi Harbiy chaqiruv markazlari (TSK) xodimlarining mashinalarini yoqib yubormoqda, dedi RIA Novostiga Nikolay viloyati yashirin ko‘ngillilar guruhi koordinatori Sergey Lebedev.
"Ukrainada, harbiy chaqiruv markazlari mashinalar yonishda davom etmoqda. Bunda partizanlar ham, TSKdan g‘azablangan mahalliy aholi ham ishtirok etmoqda", - dedi Lebedev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklarning barchasini, siyosiy qarashlardan qat’iy nazar, chaqiruv markazlariga nisbatan g‘azab birlashtirgan.
“Hatto biz tarafdagilar va hatto Rossiyaga qarshi bo‘lganlar ham TSKni yomon ko‘radi va urush davom etishini xohlamaydi... Aynan shuning uchun ham “odam ovchilari”ning mashinalariga o‘t qo‘yilmoqda”, - dedi koordinator.
Shuningdek Lebedev harbiy rangli mashinalarga o‘t qo‘ygani aks etgan videoni taqdim etdi.