TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Buyuk Ipak yo‘li karvonlarining muhim tutash nuqtasi, Markaziy Osiyodagi eng qadimiy bozorlardan biri Samarqandning Siyob bozoridir.
Bozorda hamma narsani topish mumkin – qovun-tarvuz, meva, qandolatdar tortib kiyim-kechagu, uy jihozlari va sayyohlar uchun suvenirgacha bor.
Ulug‘vor Bibi xonim masjidining yonginasida joylashgan savdo maskani besh gektardan ortiq maydonni egallaydi.
Bozor ertadan kechgacha nafaqat mahalliy aholi, balkim Samarqandni tomosha qilish uchun kelgan sayyohlar bilan to‘lgan.
Uzoq va boy tarixga ega bo‘lishga qaramasdan ushbu qadimiy bobzor zamon bilan baravar rivojlanib, o‘zgarishda davom etmoqda.
So‘nggi ikki yil ichida Siyob bozori jiddiy yangilandi: hudud teksilanib 4 ming kv metr maydon asfalt qilindi, 2 ming kv.metr maydonga plitka yotqizildi, ariqlarning usti yopildi, elektr tarmoqlari yer ostiga olindi, kuzatuv kameralari o‘rnatildi.
Bugun hatto, sun’iy intellekt yordamida sotuvchilarning patta to‘lovi nazorat qilinmoqda, deydi bozor direktori Shohrux Alibekov.
Batafsil reportajimizda tanishing.