TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Sankt-Peterburgda "Professionallar" xalqaro kasbiy mahorat chempionatida O‘zbekiston vakili 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda Ta’lim vazirligi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy Agrotexnologiyalar texnikumi o‘quvchisi Nursulton Rustambayev (ustozi — Atham Tangirbergenov) “Metallarga ishlov berish” kompetensiyasi bo‘yicha final bosqichida berilgan uchta amaliy topshiriqni mukammal bajarib chempionat finalida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston vakili 2-o‘rinni egalladi
© Ta’lim vazirligi
Rossiya Hukumati tashabbusi bilan Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan "Professionallar" xalqaro kasbiy mahorat chempionatida 41 davlat vakillari 27 ta kompetensiya bo‘yicha bellashdilar.
"Ushbu yutuq mamlakatimiz kasbiy ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy o‘quv dasturlari va amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish tizimi samaradorligining yorqin ifodasi bo‘ldi", - deyiladi vazirlik xabarida.
O‘zbekiston vakili 2-o‘rinni egalladi
© Ta’lim vazirligi