TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Rossiya qo‘shinlari DXRdagi Bezimanoe va Klinovoe qishloqlarini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"“Janub” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalarining muvofiqlashtirilgan harakatlari natijasida Donesk Xalq Respublikasining Bezimanoe va Klinovoe aholi punktlari ozod qilindi", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, "Janub" qo‘shinlari Ukraina Qurolli Kuchlarining to‘rtta mexanizatsiyalashgan, aeromobil, dengiz piyodalari va ikkita mudofaa brigadalari tuzilmalariga salmoqli yo‘qotishlar yetkazganligi ma’lum qilindi.