Prezident 42 energetika obyektni ishga tushirdi va 21 loyihaga start berdi

Prezident marosimdagi nutqida yangi energetika quvvatlari, infratuzilma tarmoqlari va yirik investitsiya loyihalari mamlakat energetikasida yangi bosqichni boshlayotganini ta’kidladi
Sputnik
TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini ishga tushirish marosimida ramziy dastakni bosib, 42 ta energetika obyektini foydalanishga topshirdi va 21 ta yangi loyiha qurilishini boshlab berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, hududlarda jami 3,5 ming MVt quvvatga ega 16 ta quyosh, issiqlik va gidro stansiya ishga tushiriladi. Loyihalar to‘liq quvvat bilan ishlaganda, yillik elektr generatsiyasi 15 mlrd kVt/soatga yetmoqda, “yashil” energiya hajmi esa 23 mlrd kVt/soatga ko‘tariladi.
“Toza energiya hisobiga tabiiy gaz sarfi 7 mlrd kub metrga kamayib, atmosferaga chiqindilar 11 mln tonnaga qisqaradi,” — dedi Prezident.
Shuningdek, 1 245 MVt energiya saqlash tizimlari, 11 ta podstansiya va 420 km elektr tarmoqlari ishga tushirilmoqda.
Kelgusi besh yilda 150 mlrd dollar investitsiya jalb qilinib, sanoat va infratuzilma loyihalari amalga oshiriladi. “Yangi O‘zbekiston” massivlari va boshqa hududlarda 800 mingdan ortiq energiya tejamkor uy-joylar barpo etiladi. Saudiyaning “Data-volt” kompaniyasi 3 mlrd dollar investitsiya hisobiga 500 MVtli data-markaz qurishni boshlagan. Bunday keng ko‘lamli ishlar elektr talabini 1,5 barobarga oshiradi.
2030 yilgacha qo‘shimcha 17 GVt “yashil” energiya quvvatlari ishga tushirilib, ularning ulushi **54%**ga yetkaziladi. Kelgusi yilda 1 000 km elektr tarmoqlari qo‘shimcha ravishda o‘tkazilab, podstansiyalarda 6 000 MVt quvvat yaratiladi. Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Qashqadaryo va Toshkentda 3,3 mlrd dollarlik, 3,5 GVt quvvat qurilishi boshlangani ma’lum qilindi. Bu tajriba boshqa viloyatlarda ham joriy etiladi.
Prezident najav simvolicheskuyu knopku, zapustil 42 energeticheskix obyekta
Energiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish doirasida 6 000 km liniyalar tortiladi. Samarqand elektr tarmoqlari Turkiyaning “Aksa Elektrik” kompaniyasiga xususiy boshqaruvga beriladi va kompaniya yo‘qotishlarni ikki barobar kamaytirishi kutilmoqda.
300 mahallada 107 MVt quyosh stansiyalari o‘rnatilib, 30 ming oilaga daromad manbai yaratiladi, — deyildi tadbirda.
Tadbirkorlar bu yil 40 MVt kichik GES qurdi, kelgusi yili bu raqam 65 MVtga yetkaziladi. 17 ta yirik korxona “yashil” sertifikatlarga o‘tdi, ikki yilda ular soni 100 tagacha ko‘paytiriladi.
Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan birgalikda “Qambar-ota GES-1” loyihasini moliyalashtirish 2025-yilda boshlanadi.
Qishda elektr va gaz o‘chmasin — prezident yig‘ilishda yana qanday topshiriqlar berdi?