TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Dubayda bo‘lib o‘tgan Transevroosiyo tashuvlari bo‘yicha xalqaro muvofiqlashtiruvchi kengashning yalpi majlisida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Kengash Kotibiyati 2028-yilgacha mo‘ljallangan hamkorlik dasturini qabul qildi.
YeIK nomidan tadbirda Komissiyaning bojxona hamkorligi vaziri Ruslan Davidov ishtirok etdi.
Dastur transevrosiyo transport yo‘nalishlarini rivojlantirish, transport bog‘liqligini kuchaytirish, temir yo‘llar va portlar hamkorligini mustahkamlash hamda bojxonada transchegaraviy operatsiyalarni soddalashtirishga qaratilgan.
Majlisda Davidov YeOIIda iqtisodiy integratsiya jarayonlari haqida ma’lumot berdi. 2026-yil 11-fevraldan butun ittifoq hududida avtomobil va temir yo‘l tashuvlarini nazorat qilish uchun navigatsiya plombalarini joriy etish rejasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Forum doirasida Davidov bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Dubay Bojxonasi rahbari Abdulla Busenad va DP World kompaniyasi bilan muzokaralarda bojxona xizmatlariga innovatsion yechimlar joriy etish, "yagona darcha" konsepsiyasini kengaytirish va tartib-taomillarni tezlashtirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar YeOII–BAA o‘rtasida uzluksiz logistikani tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldi.
BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi o‘rinbosari Dmitriy Marasin bilan uchrashuvda barqaror tranzit, savdo logistikasi samaradorligini oshirish va raqamli yechimlarni joriy etish bo‘yicha istiqbollar muhokama qilindi.