Besh yilda 83 foizga oshgan — MOda giyohvand va sintetik moddalar bo‘yicha ma’lumot berildi

Ta’kidlanishicha, mintaqa asosiy tranzit yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda: har yili 90 tonnaga yaqin geroin o‘tib, uning katta qismi Rossiya va Yevropaga yo‘naltiriladi
Sputnik
TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Markaziy Osiyoda so‘nggi besh yilda giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar 83 foizga, kontrabanda hodisalari 55 foizga, olib qo‘yilgan moddalar hajmi esa 52 foizga oshgan. Bu haqda Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Bahodir Toshmatov Samarqandda o‘tkazilgan CARIC Milliy koordinatorlar kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Yig‘ilish "CARIC 2.0: mintaqada xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun tashkilot salohiyatini oshirish" mavzusida bo‘lib o‘tmoqda.
V Samarkande proxodit zasedanie Soveta natsionalnix koordinatorov SARIKS
Toshmatovning aytishicha, hududda sintetik giyohvand moddalar, xususan metamfetaminning noqonuniy aylanmasi 62 foizga ko‘paygan. Shu bilan birga, ichki ishlab chiqarish ham o‘smoqda: yashirin laboratoriyalar soni 111 foizga oshib, hozirda 331 tani tashkil etmoqda. O‘zbekistonda esa 2024-yilda beshta, joriy yilning to‘qqiz oyida yana o‘nta shunday laboratoriya aniqlangan.
Toshmatov yig‘ilishda mintaqa davlatlarini narkotrafikka qarshi kurashda tezkor hamkorlikni faollashtirish, qo‘shma operatsiyalarni kengaytirish va infratuzilmaviy imkoniyatlarni kuchaytirishga chaqirdi. Shuningdek, kadrlar tayyorlashni rivojlantirish va xalqaro sheriklar bilan hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
“Biz jinoiy tarmoqlar yanada kuchayishini kutib tura olmaymiz. Bizning javobimiz muvofiqlashtirilgan, izchil va qat’iy bo‘lishi kerak. CARIC – to‘liq ishlashi zarur bo‘lgan strategik mexanizm,” — dedi u.
Ma’lumot uchun, CARIC — Narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot-muvofiqlashtirish markazidir.
CARICC: Afg‘onistondagi vaziyat Markaziy Osiyo xavfsizligiga tahdid solmoqda