O‘zbekiston va YeOII

YeOII shartnomasiga o‘zgartirishlar, bojxona va tariflar — YeIK yig‘ilishi tafsilotlari

YeIK ishchi guruhi YeOII shartnomasiga kiritilayotgan tuzatishlarni muhokama qilib, bojxona daromadlari, tariflar va antidemping choralariga oid qoidalarni yangilash masalalarini ko‘rib chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 4 dek – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK)ning yig‘ma ishchi guruh yig‘ilishida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilish YeIKning integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Daniyar Imanaliyev raisligida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Ittifoq to‘g‘risidagi shartnomaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar muhokama qilindi. Xususan:
import bojxona bojlaridan tushgan daromadlarni hisobga olish, taqsimlash va o‘tkazish tartibi;
uchinchi mamlakatlar tovarlarini notarif tartibga solish choralari;
maxsus, antidemping va kompensatsiya bojlarini hisoblash va taqsimlash mexanizmlari kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tartibga solish ta’sirini baholash tartib-taomili doirasida ommaviy muhokama muvaffaqiyatli yakunlangan YeOII to‘g‘risidagi shartnomaga tuzatishlar kiritish bo‘yicha bayonnoma (“V Katta bayonnoma”) loyihasi ustida ish davom ettirildi.
Yig‘ilish ishtirokchilari yig‘ma ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishini 2026-yilning birinchi choragida o‘tkazishni rejalashtirdi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIning so‘nggi besh yillik statistikasi e’lon qilindi — asosiy ko‘rsatkichlar