O‘zbekiston va YeOII

YeOIIning so‘nggi besh yillik statistikasi e’lon qilindi — asosiy ko‘rsatkichlar

YeOIIning 2020–2024 yillar statistik yilnomasi e’lon qilinib, ittifoq iqtisodiy ko‘rsatkichlarining besh yilda oshgani qayd etildi.
Sputnik
TOShKENT, 3 dek – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) YaIM hajmi 2020-yilda 1750,1 milliard dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib 2586,8 milliard dollargacha oshgan. Bu ko‘rsatkichlar YeOIIning 2020–2024 yillar statistik yilnomasida keltirilgan.
Hujjatda YeOIIga a’zo davlatlarning keyingi to‘rt yildagi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlari berilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020–2024 yillarda qator sohalarda o‘sish kuzatilgan. Jumladan:
Sanoat ishlab chiqarish hajmi 1127,8 milliard dollardan 1595,7 milliard dollargacha oshgan;
Ishsizlik darajasi 5,8 foizdan 3 foizga tushgan;
Shuningdek, tashqi savdo aylanmasi, YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi va boshqa ko‘rsatgichlar ham sezilarli oshgan.

Ko‘rsatgichlar nomi

2020 yil

2024 yil

1

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, mlrd AQSh dollari

119.9

137.6

2

Asosiy kapitalga investitsiyalar, mlrd AQSh dollari

327.7

488.9

3

Bajarilgan qurilish ishlari hajmi, mlrd AQSh dollari

153.4

211.4

4

Uy-joyni foydalanishga topshirish, mln m2

103,0

134.3

5

Yuk aylanmasi, mlrd tonna-kilometr

5975.0

6181.9

6

Yo‘lovchi aylanmasi, mlrd yo‘lovchi-kilometr

420.4

721.8

7

Chakana savdo aylanmasi, mlrd AQSh dollari

528,4

697.4

8

Tovarlar tashqi savdosining umumiy aylanmasi (mlrd AQSh dollari)

733.9

994.1

9

Tovarlar tashqi savdosining umumiy aylanmasi -eksport (mlrd AQSh dollari)

419.9

575.8

10

Tovarlar tashqi savdosining umumiy aylanmasi -import (mlrd AQSh dollari)

314.0

418.3

11

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi (mlrd AQSh dollari)

55.1

98.6

12

Oliy professional ta’lim tashkilotlari soni (o‘quv yili boshiga)

1001

1007

13

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilar soni

4049072

4692315

14

Oliy professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilar soni

5263661

5707872

O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda savdo va investitsiyalar o‘smoqda: YeIK rahbarining bayonoti