WADA O‘zbekiston antidoping tizimida kamchiliklar topdi — UzNADA nazorat ro‘yxatiga kiritildi

WADA O‘zbekiston Milliy antidoping agentligini qo‘shimcha nazorat ro‘yxatiga kiritdi. UzNADAga aniqlangan kamchiliklarni to‘rt oyda bartaraf etish vazifasi qo‘yildi
Sputnik
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Butunjahon antidoping agentligi (WADA) O‘zbekiston Milliy antidoping agentligini (UzNADA) qo‘shimcha nazorat — “kuzatuv ro‘yxati”ga kiritdi. Qaror Pusan shahrida bo‘lib o‘tgan Ijroiya qo‘mitasi majlisida qabul qilindi.
WADA ma’lumotiga ko‘ra, UzNADA ushbu ro‘yxatga 2025-yil fevral oyida o‘tkazilgan auditda aniqlangan bir qator kamchiliklar sababli kiritilgan. Tashkilotga nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun to‘rt oy muhlat berildi.
UzNADA tomonidan tuzatish chora-tadbirlari rejasi taqdim etilgani qayd etilgan.
“Kuzatuv ro‘yxati”ga kiritish WADA tomonidan rasmiy jazo hisoblanmaydi. Bu davlat antidoping tizimidagi kamchiliklarni ta’mirlash uchun berilgan oxirgi imkoniyat sifatida ko‘riladi. Agar to‘rt oy ichida talab etilgan tuzatishlar amalga oshirilmasa, WADA rasmiy nomuvofiqlik haqida bildirishnoma yuborib, tegishli sanksiyalar qo‘llashi mumkin.
Olimpiada chempioni bokschi Mullojonov 3-yilga musobaqalardan chetlashtirildi