TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Amaliy tashrif bilan Qozonda bo‘lib turgan Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Rossiyaning Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashdi. Bu haqda Tatariston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Qozon Kremlida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda madaniyat, turizm, iqtisodiyot sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning ko‘plab yo‘nalishlari, jumladan, hududlararo darajada mavjudligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva Rustam Minnixanov hamrohligida "Olamlar aro nur" nomli rasmlar ko‘rgazmasini tomosha qildi.
Ekspozitsiya Qozon Kremlining diqqatga sazovor joylarida joylashgan bo‘lib, "Yangi Quddus" davlat muzeyi va I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi kolleksiyalarini birlashtirgan.
Bundan tashqari, Mirziyoyeva va Minnixanov Qozon shahridagi teatrda kompozitor va pianinochi Kirill Rixter hamda ustoz Alibek Kabdurahmonov dirijorligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri konsertiga tashrif buyurishdi.