Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Frontdagi katta yutuq: Krasnoarmeysk va Volchansk ozod qilindi — Putinga hisobot berildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Krasnoarmeysk va Volchansk ozod qilingani haqida hisobot berildi. U qo‘mondonlardan frontdagi vaziyat bo‘yicha ma’lumotlarni tingladi.
Sputnik
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30-noyabr kuni Birlashgan qo‘shinlar guruhining boshqaruv punktlaridan biriga tashrif buyurib, frontdagi vaziyat bo‘yicha hisobotlarni tingladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

"30 noyabr kuni kechqurun Rossiya Oliy bosh qo‘mondoni, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Birlashgan qo‘shinlar guruhining boshqaruv punktlaridan biriga tashrif buyurdi. U o‘z ishi davomida Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov, "Markaz" guruhi qo‘shinlari qo‘mondoni Valeriy Solodchuk va "Sharq" guruhi qo‘shinlari qo‘mondoni Andrey Ivanayevning hisobotlarini tingladi", - dedi Peskov.

Putining asosiy bayonotlari:
Putin “Krasnoarmeysk” yo‘nalishining ahamiyati haqida to‘xtalib, shunday dedi:

"Bu muhim yo‘nalish. Biz uning qanchalik ahamiyatli ekanini tushunamiz va bu maxsus harbiy operatsiya boshida belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga imkon beradi".

Vladimir Putin
Rossiya prezidenti
Front chizig‘idagi vaziyat haqida gapirib, prezident quyidagilarni ta’kidladi:

"Jangovar to‘qnashuvning barcha chizig‘ida tashabbus to‘liq Qurolli kuchlarimiz qo‘lida".

Vladimir Putin
Rossiya prezidenti
Ukrainadagi vaziyat yuzasidan Putin buni Kiyevda “hokimiyatni egallab olgan xuntaning jinoiy siyosati bilan bog‘liq Ukraina xalqining fojiasi” deb atadi.
Oskol darosining chap qirg‘og‘idagi operatsiyalar haqida u shunday dedi:

"U yerda qurshab olingan dushman tuzilmalarini yo‘q qilish rejali ravishda amalga oshirilmoqda. Agar millatchi va neonatsist batalonlardan tashqari, Ukraina armiyasi asosan ishchi-dehqonlardan iborat ekanini hisobga olsak, ular oddiy askarga achinmayapti".

Vladimir Putin
Rossiya prezidenti
Dushman harakatlarini baholar ekan, Putin quyidagicha baënot berdi:

"Dushman har qanday yo‘l bilan Krasnoarmeyskni blokdan chiqarishga urinayotgandi, yo‘qotishlar bilan hisoblashmadi. Lekin buning imkoni yo‘qligini tushunib, yangi va yangi bo‘linmalarni deyarli yo‘q qilish uchun tashlashda davom etdi — hech qanday mubolag‘asiz".

Vladimir Putin
Rossiya prezidenti
Uning ta’kidlashicha, frontda Rossiya qo‘shinlari hujumni davom ettirmoqda:

"Rossiya qo‘shinlarining hujumi deyarli barcha yo‘nalishlarda davom etmoqda. Bunday sur’atda dushman, albatta, munosib javob bera olmaydi".

Vladimir Putin
Rossiya prezidenti
“Sharq” guruhi haqida Putin qo‘mondonlarga murojaat qildi.

"Qo‘shinlaringiz belgilangan yo‘nalishda jadal ilgarilayapti. Siz Gulyaypolega yaqinlashdingiz" — dedi Rossiya rahbari.

Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya armiyasi DXRdagi Klinovoe qishlog‘ini ozod qildi