O‘zbekiston va YeOII

YeOII va Xitoy tovar tranzitini soddalashtirishni muhokama qildi

YeIK va Xitoy bojxona idoralari raqamli bojxona, axborot almashinuvi va YeAES davlatlari bilan tovar tranzitini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) Bojxona hamkorligi bo‘yicha hay’ati a’zosi Ruslan Davidov va Xitoyning Rossiyadagi elchixonasi bojxona maslahatchisi Chjou Ven o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat davomida bojxona sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, raqamli bojxona tizimini rivojlantirish, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari va Xitoy o‘rtasida tovarlarning uzluksiz tranzitini ta’minlash bo‘yicha mexanizmlar muhokama qilindi.
Shuningdek, Ittifoq davlatlari bojxona xizmatlari va Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi o‘rtasida ma’lumot almashish to‘g‘risida bayonnoma tayyorlash masalasi ko‘rib chiqildi.
"Axborot almashinuvi bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va tezlashtirish, tovar aylanmasini “oqartirish” uchun zarur", — dedi Ruslan Davidov.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda savdo va investitsiyalar o‘smoqda: YeIK rahbarining bayonoti