TOShKENT, 1 dek — Sputnik. SputnikO‘zbekiston matbuot markazida “Rossiya va Markaziy Osiyo: tarix va madaniyat” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Rossotrudnichestvo O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya xalq diplomatiyasining yuz yilligiga bag‘ishlangan ushbu nashr ikki mamlakat orasidagi tarixiy va madaniy meros mushtarakligini aks ettirishini ta’kidladi.
Tarix fanlari nomzodi Vasiliy Kosteskiy kitobning zamonaviy va ko‘rgazmali formati yoshlar uchun tushunarli va qiziqarli bo‘lishini qayd etdi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya ilmiy markazining katta ilmiy xodimi Shohrux Choriyev qo‘shimcha qildi:
“Bunday loyihalar yosh avlodda o‘tmishga nisbatan xolisona munosabat shakllantirishda va tarixiy xotirani, jumladan Ulug‘ Vatan urushi xotirasini saqlashda yordam beradi”.
Matbuot anjumanining to‘liq videosini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.