Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

OAV: Ukraina An-124 samolyoti Isroildan AQSh harbiy texnikasini olib ketdi

Ukrainaga tegishli An-124 samolyoti Isroildan AQShning harbiy yuk mashinalarini olib ketdi. Isroil esa Kiyevga havo mudofaa tizimlari yetkazilgani haqidagi xabarlarni rad etib kelmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Ukrainaga tegishli An-124 samolyoti Isroildan Amerika harbiy yuk mashinalarini olib ketdi. Bu haqda RIA Novosti "Kan" nashriga tayanib xabar berdi.
"Kecha An-124 transport samolyoti Ben-Gurion aeroportiga qo‘ndi. U yerda Amerikaning Oshkosh harbiy yuk mashinalari katta miqdordagi harbiy texnika bilan yuklangan edi. Parvoz tafsilotlariga ko‘ra, samolyot Birlashgan Arab Amirliklaridan Isroilga kelgan va Gruziyada qisqa qo‘nishdan so‘ng u yerga qaytgan", — deya ta’kidlaydi nashr.
Oxirgi marta Ukrainaning An-124 samolyoti Isroil aeroportida oktabr oyi boshida kuzatilgan. O‘shanda "Kyiv Post" nashri Tel-Avivda bort odatda Isroil harbiylari "Patriot" uchun tutqich raketalarni tashishda foydalanadigan konteynerlarga o‘xshash konteynerlar bilan to‘ldirilganini ma’lum qilgandi.
Sentabr oyida Vladimir Zelenskiy Isroilning "Patriot" majmuasi bir oydan beri Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan qo‘llanilayotganini bildirgan va yana ikkita yangi tizim Ukrainaga kuzda yetkazib berilishi kutilganini aytgan edi. Shu bilan birga, Isroil Kiyevga havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazilgani haqidagi xabarlarni bir necha bor rad etgan va Moskvaga tegishli kafolatlar bergan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukrainaga AQSh yordami to‘xtasa, NATO uning o‘rnini bosa olmasligini tan oldi