O‘zbekiston va YeOII

YeOII–Kuba muzokaralari: sanoat va turizmdagi loyihalar muhokama qilindi

Gavanada YeIK va YeOIIda kuzatuvchi maqomidagi Kuba Hukumatining Qo‘shma komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar sanoat, agrosanoat, turizm va logistikadagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Sputnik
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. FIHAV-2025 — 41-Gavana xalqaro savdo-sanoat ko‘rgazma-yarmarkasi doirasida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Kuba hukumati qo‘shma komissiyasining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda Kuba tashqi savdo va xorijiy investitsiyalar vaziri Oskar Peres-Oliva Fraga oziq-ovqat sanoati, biotexnologiyalar, turizm va qator boshqa yo‘nalishlarda aniq loyihalarni amalga oshirish orqali amaliy hamkorlikni faollashtirishga chaqirdi.
Rossiya elchisi Viktor Koronelli yig‘ilish Kubaning YeIK bilan munosabatlari izchil rivojlanayotganini ta’kidladi.
“O‘zaro hamkorlikning ushbu formati, shubhasiz, muhim va talabgirdir. Rossiya YeOII doirasidagi barcha sheriklar bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yuqori baholaydi va turli formatlarda qo‘shma ishlarni faollashtirishdan manfaatdor”, — dedi elchi.
Belarus elchisi Vitaliy Borchuk mamlakatning YeOII organlaridagi raisligi uchun ustuvor yo‘nalishlarni quyidagicha belgiladi:
innovatsion hamkorlik;
iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish;
oziq-ovqat xavfsizligini oshirish;
raqamlashtirishni davom ettirish;
import o‘rnini bosuvchi sanoat kooperatsiyasi va gumanitar hamkorlik.
Yig‘ilishda sanoat, agrosanoat majmuasi, transport, infratuzilma va turizm sohalaridagi hamkorlik, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya choralarini qo‘llash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, YeOIIning Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish maqsadida Kubada logistika markazini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tadbir yakunida YeIK va Kuba hukumati qo‘shma komissiyasining to‘rtinchi yig‘ilishi bayonnomasi imzolandi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va Hindiston erkin savdo hududini yaratish to‘g‘risida muzokaralarni boshladi