TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan kelasi haftaning birinchi qismida uchrashadi. Bu haqda Kreml vakili Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Kelasi haftaning birinchi qismi. Biz kunini o‘z vaqtida e’lon qilamiz, biroq ravshanki, bu haftaning birinchi qismi bo‘ladi”, - dedi Peskov.
Rossiya rahbari matbuot kotibining qo‘shimcha, qilishicha, aniq sana keyinroq e’lon qilinadi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya AQShning Ukraina bo‘yicha rejasini Amerika tomoni bilan jiddiy muhokama qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, muzokaralar stolida mamlakatlar vakillari taklif etilayotgan har bir bandni batafsil muhokama qilishadi.
25 noyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Uitkoffga Rossiya prezidenti bilan Moskvada uchrashuv tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergani ma’lum bo‘lgandi.