O‘zbekistonda fuqarolarga ish haqi olinadigan bankni erkin tanlash huquqi beriladi

Markaziy bankka maosh olinadigan bank yoki elektron provayderni mustaqil tanlash imkonini beruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekistonda xodimlarni maosh olish uchun ma’lum bir bankka majburiy biriktirib qo‘yish amaliyotidan voz kechish rejalashtirilmoqda. Bu prezidentning mamlakat moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirishga qaratilgan qarorida ko‘zda tutilgan.
2025 yil dekabriga qadar Markaziy bank fuqarolarga o‘z maoshini oladigan bankni yoki elektron hamon provayderini tanlash huquqini berishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. Bu chakana bank xizmatlari va to‘lov xizmatlari bozorida raqobatni rag‘batlantirishi kerak.
2026 yil iyunigacha MB davlat to‘lov tizimlarida ommaviy (to‘plamli) to‘lovlar funksiyasini yaratadi, bu ish beruvchilarga maosh to‘lovlarini bir vaqtning o‘zida turli banklarga yo‘naltirish imkonini beradi.
Hozir zbekistonda amaldagi tartibga ko‘ra, ish beruvchi muayan bank bilan shartnoma tuzadi va xodimlar aynan o‘sha bank orqali maosh olishga majbur bo‘ladi.
Bank kartasida yangi tartib: YaTT, o‘zini band qilgan, voyaga yetmaganlar imkoniyatlari kengaydi