O‘zbekistonlik o‘smir gandbolchilar jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Gandbolchilar Pattayya shahrida o‘tgan Trophy kubogi va 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik o‘smir gandbolchilar jahon chempionati yo‘llanmasiga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tailandning Pattayya shahrida gandbol bo‘yicha Trophy kubogining Osiyo mintaqasi bo‘ylab o‘tkazilgan qizlar o‘rtasidagi bellashuvlari nihoyasiga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston U17 terma jamoasi ham barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Gandbolchilar final bellashuvida Hindiston jamoasini 40:33 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.
Ushbu g‘alaba evaziga O‘zbekiston jamoasi kelasi yil 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval o‘tkazilgan U19 toifasidagi bellashuvlarda o‘zbekistonlik gandbolchilar bosh sovrin va mundial yo‘llanmasiga ega chiqishgan edi.
Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston qizlar terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi