O‘zbekiston va YeOII

Rossiya Venesuelaning YeOII huzurida kuzatuvchi bo‘lish istagini olqishlaydi – Chernishenko

Venesuela YeOII va ShHT bilan hamkorlikni kuchaytirishga qiziqish bildirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 28 noya – Sputnik. Rossiya Venesuelaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) huzurida kuzatuvchi maqomini olishga intilishini olqishlaydi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko Rossiya-Venesuela hukumatlararo komissiyasining yuqori darajadagi 19-yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Venesuelaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi davlat maqomini olishga bo‘lgan qiziqishini olqishlaymiz”, - dedi u.

Chernishenkoning qo‘shimcha qilishicha, Venesuelaning Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatiga sherik sifatiga qo‘shilish arizasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

O‘zbekiston va YeOII
YeOII Agrosanoat kengashi: ittifoq davlatlari agrosanoat istiqbollarini muhokama qildi