TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Toshkentda Transkaspiy transport yo‘lagi va o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha investorlar forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Forum diqqat markazida "O‘rta yo‘lak"ni rivojlantirish, logistika imkoniyatlarini kengaytirish va yagona Yevroosiyo transport makonini yaratish masalalari turibdi.
Tadbirning maqsadi Transkaspiy transport yo‘lagini rivojlantirish doirasida yirik investitsiya tashabbuslarini ilgari surishni jadallashtirish va aniq shartnomalar tuzish uchun shart-sharoitlarni shakllantirishdan iborat.
Xalqaro tashkilotlar ekspertlarining baholariga ko‘ra, 2030-yilga borib "O‘rta yo‘lak" orqali tashiladigan yuklar hajmi yiliga 10-11 million tonnaga yetishi kutilmoqda