Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari DXRdagi qishloqni ozod qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi “Janub” qo‘shinlari guruhi Vasukovka aholi punktini ozod qilganini, bir qator yo‘nalishlarda Ukraina armiyasi bo‘linmalariga zarbalar berilganini xabar qildi
Sputnik
TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Rossiya armiyasining “Janub” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Donesk Xalq Respublikasining Vasukovka aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Janubiy" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Donesk Xalq Respublikasining Vasukovka aholi punktini qat’iy harakatlar bilan ozod qildilar", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, “Janub” guruhi jangchilari DXRning Seversk, Zakotnoe, Kirovo, Bondarnoe, Berestok, Minkovka, Nikolayevka, Ivanopolye, Stepanovka va Konstantinovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining ikki mexanizatsiyalashgan, tog‘-shturm, aeromobil va shturm brigadalari tuzilmalariga qattiq zarba berilgani qayd etilgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina qo‘shinlari Xarkov viloyatida yana bir qurshovga tushdi