TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Qurolli kuchlari uchun frontda sur’at barcha yo‘nalishlarda ijobiy ekanini ma’lum qildi va dushman katta yo‘qotishlarga duch kelayotganini ta’kidladi.
“Rossiya qo‘shinlari uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ijobiy sur’at saqlanmoqda”, - dedi Putin Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.
Putin Ukraina Qurolli kuchlari katta yo‘qotishlarga duch kelayotganini ta’kidladi. Faqat oktabrda dushman 47,5 ming jangchisini yo‘qotdi. Bundan tashqari, Ukraina armiyasida xizmatdan bosh tortish holatlari oshmoqda.
Rossiya rahbarining maxsus harbiy operatsiya haqidagi boshqa bayonotlari:
Krasnoarmeysk va Dimitrov to‘liq qurshovga olingan;
Volchansk deyarli Rossya Qurolli kuchlari qo‘lida;
3,5 ming ukrainalik harbiy Oskol darosining chap qirg‘og‘ida bloklangan;
Severskda Rossiya harbiylari 8 mingta binodan 1,7 mingtasini egallagan;
Rossiya armiyasi Zaporojye viloyatining shimolida olg‘a siljimoqda, ular Gulyaypolyega yaqinlashgan va hujumni yana davom ettirishadi;
Ukraina armiyasi uchun Zaporojye yo‘nalishidagi front qulashi mumkin.
“Ukraina qo‘shinlari egallab turgan hududlardan chiqib ketsa – ana o‘shanda jangovar harakatlar to‘xtatiladi. Agar chiqib ketmasa, bunga harbiy yo‘l bilan erishamiz”, - dedi Rossiya rahbari.