TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Kollektiv xavfsizlik shartnoma tashkiloti (KXShT) Kollektiv xavfsizlik kengashi (KXK) sessiyasida yaqin istiqbolga mo‘ljallangan kollektiv xavfsizlik arxitekturasini shakllantiruvchi strategik hujjatlar to‘plami ko‘rib chiqildi.
Sessiya Bishkekda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov raisligida bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rib chiqilgan hujjatlar quyidagilardan iborat:
KXShTga a’zo davlatlarning 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan giyohvandlikka qarshi strategiyasi;
2026-2030 yillarda KXShTga a’zo davlatlarning harbiy hamkorligini rivojlantirish rejasi.
Tashkilotning tahliliy salohiyatini mustahkamlash maqsadida Kollektiv xavfsizlik kengashi KXShT Kotibiyati tuzilmasida Axborot-tahlil boshqarmasi tashkil etilishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Yangi bo‘linma KXShT mas’uliyat hududidagi vaziyatni kompleks monitoring qilish va prognoz qilishga mo‘ljallangan.
Shuningdek, sessiyada KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashi deklaratsiyasi qabul qilindi. Unda a’zo davlatlarning mintaqaviy va global xavfsizlik bo‘yicha yakdil pozitsiyalari aks etgan hamda Tashkilotni yanada mustahkamlash va rivojlantirish yo‘llari belgilangan.
Kollektiv xavfsizlik kengashi qaroriga ko‘ra, 2026-yilda Tashkilotga raislik Rossiya Federatsiyasiga o‘tadi.
Shuningdek, Kollektiv xavfsizlik kengashi Taalatbek Masadikovni uch yillik muddatga — 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 31-dekabrgacha — KXShT bosh kotibi lavozimiga tayinladi.