TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari Xarkov viloyatining Boguslavka va Novaya Kruglyakovka qishloqlari yaqinida operativ qurshovga tushib qoldi. Bu haqda harbiy ekspert Andrey Marochko RIA Novostiga ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Ukraina qo‘mondonligi shaxsiy tarkibni blokdan chiqarishga urinayotgan bo‘lsa-da, bu harakatlar hozircha samara bermayapti.
"Qo‘shinlarimizning muvaffaqiyatli hujum operatsiyasi chog‘ida — bir necha bor yo‘naltirilgan zarbalar va keyingi ilgarilash natijasida — ukrain bo‘linmalarining bir qismi Boguslavka va Novaya Kruglyakovka atrofida operativ qurshovda qoldi", — dedi Marochko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonligi Novoplatonovka yo‘nalishida muntazam qarshi hujumlar uyushtirmoqda. Biroq hozirgi operativ-taktik vaziyat bu niyatlarni amalga oshirishni deyarli imkonsiz qiladi.
"Ukraina qo‘mondonligi o‘z qismlarini blokdan chiqarishga harakat qilmoqda, biroq Novoplatonovka–Boguslavka yo‘lining taxminan to‘rt kilometrlik qismi allaqachon Rossiya Qurolli kuchlarining o‘t ochish nazorati ostida. G‘arb tomonda esa Oskol suv ombori joylashgan — bu eng asosiy chekinish yo‘llaridan birini to‘sib qo‘yadi", — deya qo‘shimcha qildi Marochko.