“O‘zbekiston va Rossiya russhunoclarini birlashtirish imkoniyatiga ega ekanligimizdan juda mamnunmiz. Bu nafaqat russhunoslar, balki filolog va oliy maktablar o‘qituvchilari ham, ular tajriba almashish, yangi bilimlar olish, bir-birlari bilan tanishishlari va, albatta, rus tilining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk olim va professor Dmitriy Nikolayevich Ushakovni xotirlashlari mumkin”, - dedi Rossotrudnichestvoning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida.
“Bugun ushbu tadbirda ishtirok etish va aloqalar o‘rnatish uchun Rossiyaning nufuzli federal universitetlari tashrif buyurdi. Umid qilamanki, biz ularni shunchaki tanishtirish bilan cheklanib qolmadik, balki kelajakda ular O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari, maktablardagi hamkasblarimiz va, albatta, O‘zbekiston olimlari bilan hamkorlik qiladilar”, - dedi u.