TOShKENT, 24 noya – Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Zaporojye viloyatining Zatishye aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Qarshi hujumlar va dushmanning tankka qarshi xandaqlar va o‘t ochish nuqtalari bilan chuqur eshelonlashtirilgan mudofaa tizimiga qaramay, 5-gvardiya umumqo‘shin armiyasining 127-diviziyasi 114-gvardiya motoo‘qchi polkining jangchilari qat’iyat va hamjihatlik bilan harakat qilishdi. Hujum guruhlari istehkomlar chizig‘ini yorib o‘tib, Zaporojye viloyatidagi Zatishye aholi punktini to‘liq nazorat ostiga oldi", - deyiladi xabarda.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Zatishye aholi punkti ozod etilishi “Sharq” guruhi pozitsiyalarini mustahkamlab, keyingi olg‘a siljish uchun muhim qadam bo‘lgan.