TOShKENT, 24 noya – Sputnik. O‘zbekistonning "Centrum Air" aviakompaniyasining Boing 767 yuk samolyoti Venchjou shahridagi “Lunvan” xalqaro aeroportidan Toshkentga birinchi yuk aviareysini amalga oshirdi.
Bu Venchjou shahridan Markaziy Osiyo yo‘nalishi bo‘yicha rasman ochilgan birinchi yuk havo yo‘nalishi hisoblanadi. Samolyot transchegaraviy elektron savdo (TET) doirasida 50 tonna yuk olib o‘tgan.
Venchjou–Toshkent yo‘nalishining ochilishi bilan Venchjou aeroporti Janubi-Sharqiy, Shimoli-Sharqiy va Markaziy Osiyo bozorlarini qamrab olgan 11 ta xalqaro yuk yo‘nalishiga ega bo‘ldi.
Tahlilchilarga ko‘ra, yangi yo‘nalish Xitoy tovarlarini TET doirasida Markaziy Osiyo va Yevropa bozorlariga yetkazish uchun muhim tranzit yo‘lagini yaratadi.
Venchjou Xitoyda elektron tijorat markazlaridan biri bo‘lib, mahalliy hukumat 2027-yilgacha TET eksportini ikki barobar oshirishni rejalashtirgan.