TOShKENT, 24 noya – Sputnik. "CITES CoP20" konferensiyasi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari Samarqand deklaratsiyasi va 2032-yilgacha mo‘ljallangan mintaqaviy hamkorlik rejasini tasdiqladi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Yovvoyi flora va faunaning noyob turlari savdosini tartibga soluvchi xalqaro hujjat — CITES Konvensiyasi tomonlarining 20-konferensiyasi (CoP20)da qabul qilindi. Anjumanda 180 tadan ortiq mamlakat delegatlari ishtirok etmoqda.
Traffic International bilan hamkorlikda tayyorlangan hujjatda mamlakatlarning biologik xilma-xillik yo‘qolishi, brakonyerlik va iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirish niyati aks etgan.
Strani SA utverdili Samarkandskuyu deklaratsiyu i plan sotrudnichestva do 2032 goda
© Sputnik
Rejaga ko‘ra, tabiatni muhofaza qilish, bojxona, huquqni muhofaza qilish va sud organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, tezkor guruhlar tuzish va zamonaviy monitoring texnologiyalarini joriy etish nazarda tutilgan.
Shuningdek, mamlakatlar axborot almashinuvini kengaytirish, chegaralarda nazoratni kuchaytirish, yovvoyi tabiatning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish va noyob turlarni himoya qilish bo‘yicha yagona mintaqaviy strategiya ishlab chiqishga kelishib oldi.