TOShKENT, 24 noya – Sputnik. AQSh moliya vaziri Skott Bessent Yevropaning Rossiyaga qarshi sansiyalarini “muvaffaqiyatsiz” deb hisoblashini ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
“Mana yevropaliklar bor. Yevropaliklar menga deyishadi: Biz sanksiyalarning 19-to‘plamini qabul qilamiz”. Menimcha, agar siz buni 19-marta qilayotgan bo‘lsangiz, demak, siz muvaffaqiyatsizlikka uchragansiz”, - dedi Bessent NBC telekanaliga bergan intervyusida.
Shuningdek, AQSh moliya vaziri yevropaliklarni Rossiyadan neft sotib olib, uni moliyalatirishda aybladi.