Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari yana uchta aholi punktini ozod qildi

RF Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Dnepropetrovsk viloyati va DXRda bir nechta qishloqlarni o‘z nazorati ostiga oldi.
Sputnik
TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Donesk Xalq Respublikasining Petrovskoe hamda Dnepropetrovsk viloyatining Tixoe va Otradnoe aholi punktlarini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Janub" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari qat’iy harakatlar natijasida Donesk Xalq Respublikasining Petrovskoe aholi punktini ozod qildi", — deyiladi xabarda.
Xabarda qo‘shimcha qilinganidek, DXRning Krasnoarmeysk aholi punktida 2-armiya hujum guruhlari Ukraina Qurolli kuchlarining Markaziy va Gornyak mikrorayonlari, shuningdek, g‘arbiy sanoat zonasidagi qurshovda qolgan tuzilmalarini yo‘q qilishni davom ettirmoqda. Rovnoe aholi punktini dushmandan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, "Sharq" qo‘shinlari guruhi faol hujum harakatlari natijasida Dnepropetrovsk viloyatining Tixoe va Otradnoe aholi punktlari ham ozod qilingani ma’lum qilindi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya armiyasi yana ikkita qishloqni ozod qildi