TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Rossiya harbiylari hafta davomida 16 ta aholi punktini, jumladan, Xarkov viloyatidagi Kupansk shahrini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.
Xarkov yo‘nalishida harbiylarning faol sa’y-harakatlari yordamida Dvurechanskoe va Segelnoe qishloqlari ozod qilindi.
“G‘arb” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari qat’iy harakatlar natijasida Xarkov viloyatidagi Kupansk shahrini ozod qilishni yakunladi va Oskol darosi chap qirg‘og‘ida qurshovda qolgan Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalarini yo‘q qilishda davom etmoqda", - deyilgan xabarda.
Qolaversa, Donesk Xalq respublikasidagi Novosolovka, Stavki, Maslyakovka, Yampol va Xarkov viloyatidagi Petropavlovka ozod qilingan.
“Janub” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari qat’iy harakatlar bilan DXRdagi Platonovkani ozod qilishga erishdi.
Hafta davomida “Sharq” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasining ichkarisiga kirib borishni davom etdi va Dnepropetrovsk viloyatidagi Gay, Nechayevka va Radostnoe va Zaporojye viloyatidagi Yablokovo, Ravnopolye i Vesoloe aholi punktlarini ozod qilishni yakunladi.
“Dnepr” guruhi harbiylari Zaporojye viloyatidagi Malaya Tokmachkani ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi.