TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Saudiya Arabistonida o‘tkazilayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqdi. Bu haqda respublika Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oltin medallar:
Anvar Anvarov (yengil atletika, uzunlikka sakrash)
Qilichbozlik, jamoaviy rapira (erkaklar)
Qilichbozlik, jamoaviy shpaga (ayollar)
Kumush medallar:
Svetlana Oqnazarova (ayollar kurashi, -68 kg)
O‘g‘iloy Norboyeva (yengil atletika, ko‘pkurash)
Qilichbozlik, jamoaviy sablya (ayollar)
Qilichbozlik, jamoaviy sablya (erkaklar)
Bronza medallar:
Natalya Semonova (para yengil atletika, nayza uloqtirish)
G‘ulomjon Abdullayev (erkin kurash, -57 kg)
Umidjon Jalolov (erkin kurash, -65 kg)
Nigina Sobirova (ayollar kurashi, -62 kg)