Toshkentda xorazmlik rassomlarning ko‘rgazmasi ochildi - foto

Har bir rassomning ijodi Xorazm madaniy merosini va zamonaviy san’atni namoyon qiladi.
Sputnik
2025 yil 19-noyabr kuni Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko‘rgazmalar zalida xorazmlik rassomlarning guruh ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada 10 nafar mahalliy rassomning 50 taga yaqin ijodiy ishlari taqdim etildi.
Ekspozitsiyada Qurbanboy Bekchanov, Qahramon Madaminov, Madamin Xadoyberganov, Bahrom Annazarov, Azamat Madaminov, Sharofat Sabirova, Surayyo Ro‘zmetova, Zayniddin Asqarov, Kamolbek Sobirov va Davron Atamuratovning eng sara asarlari o‘rin olgan.

Ko‘rgazma Xorazm rassomlik maktabining serqirra tabiatini ochib beradi: lirik portret va dinamik kompozitsiyalardan tortib, ona zaminning yorqin manzaralarigacha. “Har bir asar tarix, an’ana va ma’naviyat mavzulariga bag‘ishlangan musavvirlarning madaniy merosni asrab-avaylash istagini aks ettiradi”, dedi Xorazmning taniqli rassomi Qurbanboy Bekchanov Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda.

1 / 19

Xorazm rassomlarning ko‘rgazmasining tantanali ochilishi

2 / 19

Qahramon Madaminov "Kurash"

3 / 19

"Rassomga so‘z"

4 / 19

Kurbanboy Bekchanov "Xiva"

5 / 19

"Lahzani suratga olish"

6 / 19

Bahrom Annazarov "Karvon"

7 / 19

"E’tiborli nigox"

8 / 19

Azamat Madaminov "Sharqona naturmort"

9 / 19

"Kameralar nigohi ostida"

10 / 19

Qahramon Madaminov "Bozor"

11 / 19

"Uch mehmon va portret"

12 / 19

Xorazmlik rassomlarning ko‘rgazmasi

13 / 19

"San’at haqida suhbat"

14 / 19

Azamat Madaminov "Buqa va ko‘zali ayol"

15 / 19

Rassomlar suxbati

16 / 19

Kurbanboy Bekchanov "Suhbat. Bahs"

17 / 19

"Taassurotlar almashinuvi"

18 / 19

Xadicha Yermatova "Zamonlar osha Xiva"

19 / 19

"San’atga to‘rt xil yondashuv"

Har bir rassomning ijodi Xorazm madaniy merosini va zamonaviy san’atni namoyon qiladi. Masalan, Qurbanboy Bekchanov 1997-yildan buyon Xorazm viloyati ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati direktori sifatida faoliyat olib boradi va 2004-yilda "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" unvoniga sazovor bo‘lgan. Madamin Xadoyberganov esa portret janrida mahalliy yurtdoshlarning obrazlarini yaratadi, ularning shaxsiy fazilatlari va hayotiy yo‘llarini aks ettiradi.
Davron Atamuratov o‘z ijodida tarixiy va manzara janrlariga alohida e’tibor qaratgan va 2014-yilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasidan "Oltin medali" bilan taqdirlangan. Kamolbek Sobirov va Zayniddin Asqarovning asarlari ham xorijiy va milliy ko‘rgazmalarda alohida e’tirof topgan.
Ko‘rgazmada tarixi, madaniyati va zamonaviy rassomlik maktabiga oid ko‘plab asarlar namoyish etilmoqda. Tadbir orqali mahalliy san’atchilarning ijodiy faoliyatini keng auditoriyaga taqdim etish va Xorazm san’at maktabining merosini keng ommaga yetkazish maqsad qilingan.
Ko‘rgazma 30-noyabrgacha davom etadi.