Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari Zaporojyedagi aholi punktini ozod qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berishicha, Zaporojye viloyatida Veseloe aholi punkti Rossiya qo‘shinlari tomonidan ozod qilingan
Sputnik
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Zaparojye viloyatidagi Vesoloe aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

"Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasi ichkarisiga kirishni davom ettirmoqda, faol harakatlar bilan Zaporojye viloyatining Vesoloe aholi punkti ozod qilindi",- deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, “Sharq” guruhi Dnepropetrovsk viloyatining Velikomixaylovka va Pokrovskoe aholi punktlari, shuningdek, Zaporojye viloyatidagi bir qator hududlarda Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita jangovar brigadasi va uchta jangovar polki pozitsiyalariga zarbalar bergan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Xarkov va Dnepropetrovsk viloyatlaridagi aholi punktlarini ozod qildi