Moskvadagi ko‘rgazmada O‘zbekistonning 60 tadan ortiq kompaniyasi ishtirok etmoqda

O‘zbekiston ekspozitsiyasida trikotaj, tikuvchilik mahsulotlari, mato, aksessuar va furnitura ishlab chiqaruvchilarning keng turdagi mahsulotlari namoyish etilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. BEE-TOGETHER.ru 20-Xalqaro autsorsing ko‘rgazma-platformasida O‘zbekiston milliy ekspozitsiya tarkibida 60 tadan ortiq to‘qimachilik korxonalari o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi (SSP) matbuot xizmati xabar berdi.
Moskva shahrida o‘tkazilayotgan yengil sanoat sohasining nufuzli tadbirlaridan biri hisoblangan ushbu ko‘rgazmada Rossiya va qator mamlakatlarning davlat idoralari, tarmoq uyushmalari, yirik riteylerlar hamda biznes doiralari vakillari ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston kompaniyalari Rossiya, MDH mamlakatlari va bir qator xalqaro brendlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, o‘zaro hamkorlik, qo‘shma loyihalar va eksport imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.
Tadbir doirasida BEE-TOGETHER 2025 tashkilotchilari va Rossiya Fashion industriyasi assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston SSP “Ishonchli hamkor” mukofoti bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston tadbirkorlari Kobulda 36 mln dollarlik kelishuvlarga erishdi