O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda qurilish va xizmat ko‘rsatishda bozorlarga teng huquqli kirish ta’minlanadi

Yig‘ilishda Kengash a’zolari oziq-ovqat xavfsizligi, shuningdek, energetika sohasidagi hamkorlikni umumiy bojxona jihatidan tartibga solish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Sputnik
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) kengashi yig‘ilishida ittifoqning strategik hujjatlarini shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, tomonlar rejadagi 342 ta tadbirni kelishib olgan. YeOIIga a’zo davlatlar makroiqtisodiy siyosatining 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashiga taqdim etish uchun ma’qullangan.
YeOIIga a’zo davlatlarning 2024–2025 yillarga mo‘ljallangan avvalgi makroiqtisodiy yo‘nalishlari bajarilishi bo‘yicha hisobotda asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarda o‘sish qayd etilgan.
Jumladan:
a’zo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 8,1 foizga oshgan;
ittifoqda sanoat ishlab chiqarish 4,5 foizga o‘sgan;
asosiy kapitalga investitsiyalar 7,5 foizga ko‘paygan.
Kengash Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashiga qurilish loyihalariga rahbarlik qilish bo‘yicha xizmatlarning o‘zaro savdosini erkinlashtirish rejalarini tasdiqlash haqidagi qaror loyihasini ham ma’qulladi.
Ushbu rejalar qurilish xizmatlarining ayrim turlari bo‘yicha tartibga solishni yaqinlashtirish, a’zo davlatlar xizmat ko‘rsatuvchilarining bir-birining hududlarida faoliyat yuritish sharoitlarini tenglashtirish va bozorlarga o‘zaro teng huquqli kirishni ta’minlashga qaratilgan.
YeIK kengashi, shuningdek, YeOII doirasida turizmni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ma’qulladi. Konsepsiya a’zo davlatlarning sayyohlik salohiyatini oshirish, o‘zaro sayyohlik oqimini ko‘paytirish, turizm sohasining raqobatbardoshligini mustahkamlash va milliy turistik mahsulotlarni jahon bozorlarida ilgari surishni nazarda tutadi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda temir yo‘l logistikasini rivojlantirish bo‘yicha asosiy masalalar muhokama qilindi