Davlat korxonalarida tannarxni pasaytirish va samaradorlikni oshirishda talablar belgilandi

Davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish choralari belgilandi. Bu yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish uchun Respublika komissiyasi tashkil etiladi
Sputnik
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. O‘zbekistonda davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuziladi. Bu prezident imzolagan tegishli farmoyishda nazarda tutilgan.

“Farmoyishni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — 2026-yilda davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarda mahsulot tannarxini kamaytirish va faoliyat samaradorligini oshirish etib belgilandi".

Farmoyishga ko‘ra, davlat korxonalarida mahsulot tannarxini pasaytirish va mehnat unumdorligini oshirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlari belgilangan, jumladan:
xarajatlarni har chorakda qayta tahlil qilish (spending review) orqali kelgusi davr ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib budjetni “noldan” qayta ko‘rib chiqish;
tejamkor ishlab chiqarish va meyorlash tamoyillarini joriy etish.
Komissiyaning vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
davlat korxonalariga xarajatlarni maqbullashtirish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha dasturlar tayyorlashda metodologik yordam berish;
to‘lov tizimini takomillashtirish orqali debitor va kreditor qarzdorliklarini kamaytirish.
Yirik korxonalarning bank krediti va tashqi qarz olishi nazoratga olinadi