TOShKENT, 19 noya – Sputnik. Kobul shahrida o‘zbekistonlik va afg‘onistonlik tadbirkorlar 36,05 million dollarlik dastlabki kelishuvlarga erishishdi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu kelishuvlar “Imom Abu Hanifa — 4-milliy va xalqaro ko‘rgazma va savdo yarmarkasi” doirasida tashkil etilgan biznes uchrashuvlari chog‘ida amalga oshdi.
Shuningdek, O‘zbekiston SSP va Afg‘oniston Savdo va investitsiyalar palatasi ikki mamlakatda Savdo uylarini tashkil etish hamda Palata vakolatxonalarini ochish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi.