Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

OAV: Ukrainani tinchlik muzokaralariga undash uchun AQSh vakillari Kiyevga safar qildi

AQSh armiya rasmiylari Ukrainaga e’lon qilinmagan safar bilan keldi. Safarning maqsadi — Kiyevni Rossiya bilan to‘xtab qolgan tinchlik muzokaralarini qayta jonlantirishga undash.
Sputnik
TOShKENT, 19 noya – Sputnik. AQSh armiya vaziri Den Driskoll va shtab boshlig‘i general Rendi Jorj Ukrainaga e’lon qilinmagan safar bilan keldi. Bu haqda "Politico" nashri ma’lum qildi.
Delegatsiyaning maqsadi — Ukraina rahbariyatini Rossiya bilan to‘xtab qolgan tinchlik muzokaralarini qayta faollashtirishga undash. Nashrning ta’kidlashicha, AQSh mojaroni tezroq tugatish uchun siyosiy yechim izlamoqda.
Ular bu hafta ukrainalik harbiylar, parlament vakillari hamda Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishni rejalashtirgan.
Driskoll — armiya veterani va vitse-prezident J. D. Vensning Yeldagi kursdoshi — Pentagonda tobora ta’sirli figuraga aylanmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, Tramp ma’muriyati Ukrainaga harbiy yordam yuzasidan bir necha bor keskin pozitsiya o‘zgartirgan, Pentagon rahbari Pit Xegset esa Yevropa safari davomida Zelenskiy bilan uchrashmagan va hatto bir payt Ukrainaga qurol yetkazishni to‘xtatishga urinish bo‘lgan, ammo bu qaror keyinchalik Oq uy tomonidan bekor qilingan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp: Ukrainadagi mojaro bir necha oy ichida hal qilinishi mumkin