TOShKENT, 19 noya – Sputnik. Yangi tartibga muvofiq, yengil sanoat korxonalarining ayrim xarajatlari Yengil sanoatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, Jamg‘arma yengil sanoat korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibini belgilab beradi. Moliyaviy yordam ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha ajratiladi:
Xalqaro brendlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash:
xalqaro brendlar va ularning egalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xizmatlar;
sorsing kompaniyalari xizmatlari;
transport xarajatlari (ekonom klass);
O‘zbekiston hududida mehmonxona xarajatlari;
tarjimonlik xizmatlari.
Malakali mutaxassislarni tayyorlash xarajatlarini qoplash:
o‘quv-treninglarda qatnashish to‘lovi;
transport xarajatlari;
mehmonxona xarajatlari.
Moliyaviy yordam olish uchun tadbirkorlar ariza va zarur hujjatlarni taqdim etadi. Arizalar 7 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi, Agentlik esa qabul qilingan qaror haqida 1 ish kunida tadbirkorga xabarnoma yuboradi.