Olmaotada Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasi ta’sis etildi

Olmaotada bo‘lib o‘tgan Ta’sis konferensiyasida Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasi rasman tashkil etildi. Tadbirda mintaqaning olti mamlakati qatnashdi.
Sputnik
TOShKENT, 19 noya – Sputnik. Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasining Ta’sis konferensiyasida Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasi rasman tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Konferensiya Qozog‘istonning Olmaota shahrida Xalqaro talabalar sporti federatsiyasi (FISU) rahnamoligida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Mo‘g‘uliston delegatsiyalari ishtirok etdi.
Shuningdek, FISU prezidenti Leonz Eder rahnamoligida O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Erkin Qodirov yangi tashkil etilgan Federatsiyaning bosh kotibi etib tayinlandi.
O‘zbekistonlik futbol mutaxassislari tarixda ilk bor FIFA qo‘mitasi tarkibiga kiritildi