Zilzilabardoshlik oshiriladi: Hukumat loyihalash va ilmiy xulosa berish tartibini yangiladi

Obyektlarning zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan yangi qaror qabul qilindi, unga ko‘ra ilmiy xulosalar “Shaffof qurilish” tizimiga integratsiya qilinib, loyihalash amaliyoti yangilanadi
Sputnik
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. O‘zbekistonda bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimiga integratsiya qilinadi.
Obyektlarning zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan shu va boshqa chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-dekabrdan zilzilalar kuchini ko‘rsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib loyihalashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
2027 yil 1-oktabrga qadar MSK-64 shkalasi bo‘yicha 8 va undan yuqori balli seysmik faol zonalarda maxsus seysmik himoyalash uskunalari yordamida loyihalashtirishga ustuvorlik beriladigan obyektlar turlari tasdiqlanadi.
2026 yil 1-fevraldan:
- Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 603-son qarori asosida beriladigan zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosa uchun undiriladigan to‘lov miqdori 50 foizga qisqartiriladi;
- bir xil seriyali obyektlarga ilmiy xulosalar faqat 1 marotaba to‘lov asosida beriladi, qolgan shu turdagi obyektlarning loyihalariga ilmiy xulosa berish uchun to‘lov undirilmaydi.
Toshkentda MDH qurilish sohasida hamkorlik yig‘ilishi: nimalar muhokama qilinmoqda?