TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Dnepropetrovsk viloyatidagi Nechayevka va Xarkov viloyatidagi Segelnoe aholi punktlarini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasining ichkarisiga kirib bordi va Dnepropetrovsk viloyatining Nechayevka aholi punktini ozod qildi", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Segelnoe aholi punktini "Shimol" qo‘shinlari bo‘linmalari ozod qilgani ma’lum qilindi.