TOShKENT, 17 noya – Sputnik. O‘zbekistonning Xorazm viloyati va Turkmanistonning Toshhovuz viloyati o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladigan “Shovot–Toshhovuz” qo‘shma chegaraoldi savdo zonasi ishga tushdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ishga tushirish marosimida prezident Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etdilar.
Mazkur hududda direksiya, bojxona, karantin, fitosanitariya va veterinariya xizmatlarining ma’muriy binolari, savdo paviloni va omborlar joylashgan.
Bu yerda “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlari ko‘rsatiladi, interfaol tizimlar, bank, tibbiyot va mehmonxona xizmatlari uchun zarur infratuzilma, shuningdek, katta avtoturargoh ham tashkil etilgan.