TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Rossiya armiyasi Donesk Xalq Respublikasi, Xarkov va Dnepropetrovsk viloyatlarida bir qator aholi punktlarini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Shimol" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol harakatlar natijasida Xarkov viloyatining Dvurechanskoe aholi punktini ozod qildi", - deyiladi xabarda.
Shuningdek, ma’lum qilinishicha, "Janub" qo‘shinlar guruhi qat’iy harakatlari natijasida Donesk Xalq Respublikasidagi Platonovka aholi punkti nazoratga olingan.
Bundan tashqari, "Sharq" qo‘shinlar guruhi harakatlari natijasi Dnepropetrovsk viloyatining Gay aholi punkti ham ozod qilingani bildirildi.