TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Saudiya Arabistoni poytaxti Ar- Riyodda o‘tayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlari navbatdagi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir oltin medalga ega bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matubot xizmati xabar berdi.
Taekvondo WT bo‘yicha -70 kg vazn toifasida ishtirok etgan Ozoda Sobirjonova musobaqa g‘olibiga aylandi.
Finalda eronlik sportchiga duch kelgan Sobirjonova aniq zarbalar va ustun harakatlar bilan raqibasini mag‘lub etdi.
Shu tariqa, u O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shdi.