TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida prezident Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, so‘nggi yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollardan oshgan. Yuk tashish hajmi ham o‘sib bormoqda, jumladan, Turkmanboshi portidan foydalanish faollashgan.
Muzokaralarda o‘zaro savdoni yanada ko‘paytirish, shuningdek sanoat, energetika, transport, mashinasozlik, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida kooperatsiyani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Hududlararo almashinuvlarni yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Xiva shahrida uchinchi Hududlar forumini o‘tkazishga kelishib olindi.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.